4-avgust kuni IT Park Uzbekistan Astana Hub bilan hamkorlikda O‘zbekiston startaplari uchun mo‘ljallangan Central Eurasia Market Entry dasturiga bag‘ishlangan onlayn axborot sessiyasini o‘tkazadi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar dasturning imkoniyatlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, saralash bosqichlari bilan tanishishlari hamda Qozog‘iston bozoriga kirish bilan bog‘liq savollarga javob olishlari mumkin.
Almaty Hub ta’lim va biznes dasturlari ofisi bosh menejeri Aray Tlekeyeva spiker sifatida ishtirok etadi.
Central Eurasia Market Entry dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 16-avgustga qadar davom etadi. Infosessiyada ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.