IT Park Uzbekistan Shanxayda bo‘lib o‘tadigan WAIC 2026 Butunjahon sun’iy intellekt anjumani uchun startaplarning milliy delegatsiyasini shakllantirish maqsadida arizalar qabul qilishni e’lon qildi.

Ishtirok etishga sun’iy intellekt, robototexnika va boshqa yuqori texnologiyali sohalarda faoliyat yurituvchi, tayyor prototipi yoki mahsulotni rivojlantirishda ilk natijalarga erishgan IT Park rezidenti bo‘lgan startaplar taklif qilinadi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston milliy pavilyonida o‘z ishlanmalarini namoyish etish, xalqaro kompaniyalar va investorlar bilan ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkazish, shuningdek, soha forumlari va loyiha taqdimotlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Arizalar 29-iyunga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.