21-avgust kuni C-Space Yunusabad’da xatolar, qiyinchiliklar va biznesni kengaytirishning amaliy tajribasiga bag‘ishlangan Fuckup Talks x Sales Doctor uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Sahnada Davron Obidov (General Manager / CEO), Hasan Xo‘janazarov (CTO) va Otabek Suvonov (Co-founder & Global CEO) so‘zga chiqadi. Spikerlar Sales Doctor kompaniyasining rivojlanish yo‘lida uchragan murakkab qarorlar, muvaffaqiyatsizliklar va olingan saboqlar haqida so‘zlab beradi.

Muhokama markazida biznesni yo‘lga qo‘yish, Markaziy Osiyo hamda MENA mintaqasi uchun ERP-platformani masshtablash bo‘yicha real keyslar, shuningdek, kompaniyani yangi investitsiya raundini jalb qilishga tayyorlash tajribasi bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.