O‘zbekiston tadbirkorlari 23−26-sentyabr kunlari Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadigan MIHAS 2026 xalqaro ko‘rgazmasiga taklif etiladi.

Kompaniyalar o‘z mahsulot va xizmatlarini Made in Uzbekistan milliy stendi tarkibida namoyish etishi mumkin. Ko‘rgazma maydoni ijarasi va stend qurilishi xarajatlari “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan moliyalashtiriladi.

Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun arizani maxsus onlayn-platforma orqali yuborish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 71 207 04 06 (113) telefoni orqali olish mumkin.