10−13-avgust kunlari Navoiy viloyatida sun’iy intellektga asoslangan yechimlar ishlab chiquvchilarni birlashtiradigan Milliy AI Hackathon’ning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Xakaton sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, ta’lim hamda tadbirkorlik yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. Shuningdek, tashkilotchilar eng yaxshi taqdimot va eng yaxshi ijtimoiy loyiha uchun maxsus mukofotlar topshiradi. Qo‘shimcha yo‘nalishlar esa keyinroq e’lon qilinadi.
Xakatonda Navoiy viloyatida yashovchi, 16 yoshga to‘lgan hamda pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish 8-avgustgacha ochiq. Milliy AI Hackathon’ning boshqa hududiy bosqichlarida qatnashganlar Navoiydagi bosqichda ishtirok eta olmaydi.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.