16-iyul kuni IT Park Uzbekistan’da texnologiya va tadbirkorlik sohasida ayollarning o‘rnini yuksaltirishga bag‘ishlangan SABRIYA: IT’ga qadam uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda IT Park rezident-kompaniyalari rahbarlari va sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassislar spiker sifatida so‘zga chiqadi. Ular texnologik loyihalarni boshqarish, startaplarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va biznesda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Shuningdek, dasturdan haqiqiy muvaffaqiyat hikoyalari, interaktiv viktorina, ishbilarmonlar davrasidagi muloqot va IT-hamjamiyati vakillari bilan tanishish imkoniyati o‘rin olgan.
Ishtirok etish uchun siz havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz kerak.