24-sentyabr kuni Toshkentda ICT Week Uzbekistan doirasida texnologik startaplar o‘rtasidagi xalqaro tanlov — Startup World Cup’ning mintaqaviy bosqichi ilk bor bo‘lib o‘tadi.
G‘olib San-Fransiskodagi jahon finalida O‘zbekiston nomidan qatnashib, 1 million dollar miqdoridagi investitsion sovrin uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Ishtirok etish uchun Pre-Seed, Seed va Series A bosqichlaridagi ro‘yxatdan o‘tgan texnologik startaplar taklif qilinadi. Xalqaro miqyosda rivojlanishga yo‘naltirilgan istalgan mamlakat jamoalari ariza topshirishi mumkin. Majburiy shartlardan biri — loyihani ingliz tilida taqdim qila oladigan ishtirokchining bo‘lishidir.
Arizalar 31-avgustga qadar qabul qilinadi. Finalchilar 7-sentyabr kuni e’lon qilinadi. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.