23-avgust kuni YARD Business Club restoran biznesini rivojlantirish va mahalliy brendlarni kengaytirishga bag‘ishlangan biznes-nonushta o‘tkazadi.

Spiker sifatida TESTO #ZaMira kafelar tarmog‘ining hammuassisi va boshqaruvchi hamkori, Eataly kompaniyasining hammuassisi Nargiza Ulugova so‘zga chiqadi. U talab yuqori bo‘lgan restoran konsepsiyasini yaratish, tarmoqni rivojlantirish, o‘sib borayotgan raqobat sharoitida biznesni boshqarish tajribasi bilan o‘rtoqlashadi va sohadagi tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar haqida gapirib beradi. Shuningdek, yangi bozor imkoniyatlarini izlash, jahon kompaniyalari bilan hamkorlik qilish, yangi bozorlarga kirishda yo‘l qo‘yiladigan odatiy xatolar va premium segmentni rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib beradi. Uchrashuvda YARD Business Club asoschisi Arsen Dlyanchev moderatorlik qiladi.

Ishtirok etish narxi — 500 ming so‘m. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.