22-avgust kuni YARD Business Club O‘zbekistonda lyuks riteylni rivojlantirish va xalqaro brendlarni tatbiq etishga bag‘ishlangan biznes-nonushta o‘tkazadi.

BIZCON GROUP bosh direktori Pulat Solixov spiker sifatida so‘zga chiqadi. U Montblanc, Vertu, Jacob & Co, Bovet va Rapport brendlarini O‘zbekiston bozoriga olib kirish tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Shuningdek, yangi bozor imkoniyatlarini izlash, jahon kompaniyalari bilan hamkorlik qilish, yangi bozorlarga kirishda yo‘l qo‘yiladigan odatiy xatolar va premium segmentni rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib beradi. Uchrashuvda YARD Business Club asoschisi Arsen Dlyanchev moderatorlik qiladi.

Ishtirok etish narxi — 500 ming so‘m. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.