22-avgust kuni Toshkentda avtonom AI-agentlarni yaratish bo‘yicha AWS Agentic Football Cup vorkshop va musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar bir kun davomida virtual futbol maydonida kuch sinashadigan AI-agentlarni yaratadilar. Ta’lim qismidan so‘ng jamoalar bir qator o‘yinlarda o‘z botlarini namoyish etadilar. Tadbirda yakka tartibda yoki uch kishigacha bo‘lgan jamoa tarkibida ishtirok etish mumkin. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ushbu tadbir dasturlashni endi boshlayotganlar uchun ham, tajribali mutaxassislar uchun ham birdek ochiq.
Turnir g‘oliblari sovrinlar hamda Global League’ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar, uning g‘oliblari esa Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan AWS re:Invent 2026 anjumanida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.