Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident qaroriga muvofiq, Xurshid Raxmatullayev qo‘mita raisining moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bungacha u O‘zsuvta‘minot boshqaruv raisining moliya-iqtisodiy, raqamlashtirish va transformatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Jamshid Urunov qo‘mita raisining o‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil — Biznes-ombudsman o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

biznes-ombudsman, jamshid o‘runov, oziq-ovqat, oziq-ovqat xavfsizligi

Furqat Jalilov qo‘mita raisining veterinariya va hayvonlar salomatligini himoya qilish yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Tayinlovga qadar u Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti bosh inspektori lavozimida ishlagan.

Bundan tashqari, Elyor Talaboyev qo‘mita raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bungacha u Prezident Administratsiyasida bosh inspektor lavozimida faoliyat yuritgan.

Mart oyida Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlarining navbatdagi yig‘ilishida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qiluvchi yagona qo‘mita tashkil etilishi haqida so‘z borgandi.

13-may kuni prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda uchta idora negizida barcha nazorat jarayonlarini birlashtiradigan Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilishi taʼkidlangan edi. Shu kuni Azizbek Urunov Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasiga rais bo‘ldi.

Keyinroq prezident farmoni qabul qilinib, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi negizida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etildi.


Spot, avvalroq, Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida yozgandi.