22-sentyabr kuni ICT WEEK 2026 doirasida O‘zbekiston va Yaponiyaning texnologik kompaniyalari, startaplari, investorlari va venchur fondlari uchun xalqaro maydon — Uzbek-Japan Digital Community Forum bo‘lib o‘tadi.
Forum dasturidan AKT sohasida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligining yangi yo‘nalishlari, IT Park ekotizimining imkoniyatlari, investorlar va venchur fondlari uchun alohida yo‘nalish hamda startaplarning pitch-sessiyalari o‘rin olgan. Alohida panel muhokamasi kreativ sohalarni rivojlantirishga bag‘ishlanadi.
Ishtirokchilar investorlar va venchur fondlari vakillari bilan bevosita muloqot qilish, ehtimoliy hamkorlik masalalarini muhokama etish hamda kelajakda mamlakat bozoriga chiqish istiqboli bilan o‘z loyihalarini yaponiyalik auditoriyaga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.