Joriy yilning 22−25-sentyabr kunlari Erbil shahrida qurilish, oziq-ovqat va elektrotexnika sohalarida faoliyat yurituvchi o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun biznes-missiya tashkil etiladi. Safar CONSTRUCT IRAQ 2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma qurilish va pardozlash materiallari, og‘ir texnika, elektr uskunalari va kabel mahsulotlari, quyosh energetikasi, isitish, ventilyatsiya va havoni sovutish tizimlari hamda infratuzilma yechimlarini qamrab oladi. 17 ming kvadrat metr maydonda 400 dan ortiq xalqaro kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda.
Biznes-missiya doirasida yirik importchilar va distribyutorlar bilan B2B uchrashuvlari rejalashtirilgan. O‘zbekiston kompaniyalari o‘z mahsulotlarini namoyish etish, potensial xaridor va hamkorlarni topish, shuningdek, eksport va sanoat kooperatsiyasi masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tishni subsidiya platformasi orqali amalga oshirish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 71 207 04 06 (115) va +998 97 721 77 25 telefon raqamlari orqali olish mumkin.