25-sentyabr kuni ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida AWS hamjamiyati tomonidan bulutli texnologiyalar bilan ishlovchi dasturchilar, muhandislar va mutaxassislar uchun tashkil etilgan AWS Community Day Central Asia konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Dasturdan 15 dan ortiq ekspertning ma’ruzalari, amaliy vorkshoplar va netvorking o‘rin olgan. Spikerlar orasida AWS Heroes Vadim Kazulkin (ip.labs, Rivojlanish bo‘limi rahbari) va Denis Astaxov (OpsGuru, Yechimlar arxitektori), shuningdek, Cloud Agnostic, EPAM Systems, BlueThrone va boshqa kompaniyalarning mutaxassislari bor.
Konferensiya dasturchilar, cloud va DevOps-muhandislar, arxitektorlar va boshqa IT-mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Sessiyalar ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi.
ICT WEEK Uzbekistan beyji bilan kirish bepul — konferensiya uchun alohida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi.