12-sentyabr kuni Andijonda Techstars Startup Weekend Andijan doirasida Bootcamp bo‘lib o‘tadi. Amaliy mashg‘ulot talabalar, dasturchilar va biznesini endi boshlayotgan asoschilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirok etish uchun tayyor jamoa yoki shaxsiy mahsulot bo‘lishi shart emas.

Dasturdan ilk mijozlarni qidirish, gipotezalarni tekshirish va Customer Discovery, biznes-model hamda bozorga chiqish strategiyasini ishlab chiqish kabi mavzular o‘rin olgan. Shuningdek, ishtirokchilarga Fund of Funds orqali venchur moliyalashtirish va Startup Weekend ish formati haqida ham aytib beriladi.

Spikerlar orasida Sales Doctor bosh direktori Otabek Suvonov, Stanbase bosh direktori Umed Rahimov, Redeem bosh direktori Diyorbek Hamidov, UzVC venchur kapitali tahlilchisi Shahriyor Xudoyberdiyev va Hackonnect CSOsi Azizaxon Hamdamova bor.

Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.