16−18-sentyabr kunlari Anhor Park maydonida lak-bo‘yoq materiallari, qoplamalar, xomashyo, uskunalar va texnologiyalarga bag‘ishlangan Uzbekistan Coatings Show 2026 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada ishlab chiqaruvchilar, xomashyo yetkazib beruvchilar, distribyutorlar, xaridorlar, texnologlar va soha vakillari ishtirok etadi. Ekspozitsiyadan xomashyo va yordamchi materiallar, tayyor mahsulotlar, uskunalar va anjomlar, qoplama qo‘llash texnologiyalari, idish va qadoqlash mahsulotlari, shuningdek, mehnat va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi yechimlar o‘rin oladi.
Tashkilotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan galgi ko‘rgazma 15 mamlakatdan 160 dan ortiq ishtirokchini va 7 mingdan ziyod professional tashrif buyuruvchini to‘plagan.
Ishtirok etish bo‘yicha maslahatni tashkilotchilarning saytidagi shakl orqali yoki +7 771 672 5190 (WhatsApp) telefoni orqali olish mumkin.