12-sentyabr kuni Toshkentdagi Inha universitetida Capacity Building in AI Literacy and Cybersecurity for Girls loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tadi. Loyiha UNOPS, IT-ta'lim assotsiatsiyasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida amalga oshirilib, Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi orqali moliyalashtirilmoqda.
Dastur sun’iy intellektdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar bilan ishlash hamda dezinformatsiyani aniqlash kabi mavzularni qamrab oladi. Shuningdek, ishtirokchilar ijtimoiy tashabbuslar uchun AI-vositalarini qo‘llash, texnologiyalar sohasidagi ta’lim va karyera imkoniyatlari haqida ham bilib oladilar.
Dasturdan interaktiv sessiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va mutaxassislar bilan muhokamalar o‘rin olgan. Tadbirga sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, texnologiyalar va raqamli transformatsiyaga qiziquvchi qizlar hamda yosh ayollar taklif etiladi.
Ishtirok etish oldindan ro’yxatdan o’tish asosida amalga oshiriladi.