18-sentyabr kuni Techstars Uzbekistan tashkiloti TEAM University va Ground Zero bilan hamkorlikda “G‘oyadan — investitsiya jalb etishga tayyor biznes sari” amaliy butkempini o‘tkazadi. Tadbir talabalar, ishini yangi boshlayotgan tadbirkorlar va o‘z loyihasi uchun g‘oyasi bor ishtirokchilarga mo‘ljallangan. Biznes yoki moliya sohasida maxsus bilimga ega bo‘lish talab qilinmaydi.
Ishtirokchilar venchur investorlar va seriyali tadbirkorlardan amaliy tavsiyalar olishlari hamda loyihani moliyalashtirishni jalb qilish bosqichigacha bo‘lgan asosiy rivojlanish qadamlarini o‘rganib chiqishlari mumkin.
Ishtirok etish bepul, oldindan ro’yxatdan o’tish talab etiladi.