16-sentyabr kuni Pro Business sun’iy intellektni mahsulotlar, jamoalar va biznesni boshqarishda amaliy qo‘llashga bag‘ishlangan Expert Talk o‘tkazadi.
AshotAI va MILAGPT asoschisi Ashot Shahruz Ashirov raqamli xodimlar va MilaGPT haqida so‘zlab beradi. Majento.ai asoschisi Sergey Shima Telegram’da shaxsiy AI-assistentlarni yaratish, sozlash hamda ulardan foydalanish ssenariylarini tahlil qiladi.
AI LAB asoschisi va Angel Connect hammuassisi Artyom Panfyorov kiberhujum bilan bog‘liq keys misolida AI-agentlarning imkoniyatlari va ularni qo‘llashdagi xavf-xatarlar haqida gapirib beradi.
Joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda ishtirok etish pulli.