17-sentyabr kuni Ziyo Forum yoshlar markazida “Kiberxavfsizlik — kelajak kafolati” ochiq sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar mutaxassislar bilan birgalikda raqamli muhitdagi asosiy tahdidlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish usullari hamda internet va zamonaviy texnologiyalardan xavfsiz foydalanish qoidalarini muhokama qiladilar. Yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan huquqiy masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.
Dasturga, shuningdek, kiberxavfsizlik mavzusidagi interaktiv mashg‘ulotlar ham kiradi. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.