16-sentyabr kuni “Y Combinator’ga qanday qabul qilinish mumkin: asoschilar uchun insayderlik strategiyasi va qo‘llanma” nomli onlayn vorkshop bo‘lib o‘tadi. Tadbir akseleratorga ariza topshirishni rejalashtirayotgan faunderlarga mo‘ljallangan.
Spiker sifatida MA7 Ventures hamkori va startaplar maslahatchisi Valeriy Yalouskix ishtirok etadi. U Y Combinator’ning tanlov mezonlarini, arizalardagi keng tarqalgan xatolarni, traction va asosiy metrikalarni taqdim etishni, shuningdek, 10 daqiqalik intervyuga tayyorgarlik ko‘rishni tahlil qiladi.
Ishtirokchilarga MA7 Ventures portfel kompaniyalarining amaliy keyslari ham taqdim etiladi. Yakunda spiker bilan Q&A sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.