22−24-sentyabr kunlari Toshkentda “Xitoy (Sichuan) — O‘zbekiston” xalqaro savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Unda 3 mingdan ortiq xaridor, distribyutor, sanoat vakillari va investorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ko‘rgazmada elektrotexnika va energetika uskunalari, elektr transporti, qishloq xo‘jaligi texnikasi va agrokimyo, oziq-ovqat sanoati va avtomatlashtirish yechimlari namoyish etiladi. Shuningdek, ekspozitsiya qurilish materiallari, kimyoviy komponentlar, mebel, maishiy texnika va videokuzatuv tizimlarini qamrab oladi.
Kirish va ro‘yxatdan o‘tish bepul. Qo‘shimcha ma‘lumot: +998 78 113 60 32, @Sichuan_expo_manager.