23-sentyabr kuni IT Alliance assotsiatsiyasi IT-biznesni kengaytirish va boshqaruv tizimini transformatsiya qilishga bag‘ishlangan o‘ninchi biznes-nonushtani o‘tkazadi.

Spiker sifatida CFO, CEO, investor va direktorlar kengashi a’zosi sifatida 25 yildan ortiq professional tajribaga ega Sergey Shurov so‘zga chiqadi. U kompaniya o‘sishi davrida tashkiliy tuzilmani qanday o‘zgartirish, mulkdor va rahbarlar o‘rtasida mas’uliyatni taqsimlash, biznes jarayonlarini yo‘lga qo‘yish hamda moliyaviy boshqaruvni KPI va xodimlarni motivatsiya qilish bilan qanday bog‘lashni tahlil qilib beradi.

Bir nechta loyiha va mahsulotlarni boshqarish, kompaniyaning asosiy xodimlarga bog‘liqligini kamaytirish va kengayishda ish tezligini saqlab qolish masalalari alohida muhokama qilinadi. Ma’ruzadan so‘ng munozara, savol-javob (Q&A) sessiyasi va biznes netvorking bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur, joylar soni cheklangan.