23-sentyabr kuni ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Elevator Pitch sessiyasi bo‘lib o‘tadi, unda startaplar o‘z loyihalarini IT Park Ventures investitsiya jamoasi va boshqa fondlarga taqdim etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ishtirok etish uchun ishga tushirilgan mahsulotga va o‘sish salohiyatiga ega, tushum yoki faol foydalanuvchilar ko‘rinishidagi tasdiqlangan natijalari bor, Product-Market Fit hamda shakllangan jamoaga ega loyihalar taklif qilinadi. Seed va Series A bosqichlaridagi startaplar ko‘rib chiqiladi.
Loyiha taqdimoti uchun ishtirokchilarga ikki daqiqa, savol-javoblar uchun esa yana ikki daqiqa vaqt ajratiladi.
Arizalar 22-sentyabrgacha qabul qilinadi.