23-sentyabr kuni ICTWeek doirasida IT Park Ventures biznes-farishtalar va xususiy investorlar uchun yopiq amaliy vorkshop o‘tkazadi.
Sessiyani Selective Capital boshqaruvchi hamkori Yevgeniy Chebotov olib boradi. U real keyslar misolida startaplar va ularning asoschilarini baholash yondashuvlarini, investitsiya kiritishdagi xatarlarni boshqarishni hamda qo‘shma bitimlar mexanikasini tahlil qiladi.
Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.