22-sentyabrdan 24-sentyabrgacha Toshkentda 16-xalqaro plastmassa va polimerlar sanoati Plastex Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma ishlab chiqaruvchilar, dilerlar, distribyutorlar va soha mutaxassislarini birlashtiradi. Ko‘rgazma maydoni polimerlar sanoatidagi yangi ishlanmalar va texnologiyalarga, shuningdek, yetkazib beruvchilarni topish va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga bag‘ishlanadi.

2026-yilda Plastex Uzbekistan ko‘rgazmasi 4P Central Asia bilan birgalikda o‘tkazilib, plastmassa va polimerlar, qadoqlash va poligrafiya yo‘nalishlarini bitta maydonda birlashtiradi.

Tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.