24-sentyabr kuni ICT Week doirasida Amerika bozoriga chiqishni rejalashtirayotgan startap asoschilari va C-level rahbarlari uchun amaliy vorkshop bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar O-1A, L-1A va L-1B vizalari o‘rtasidagi farqlarni, startap asoschilari uchun mos variantni tanlash va asosiy xodimlarni ko‘chirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar. Shuningdek, AQShda biznesni kengaytirishni rejalashtirishda immigratsiya masalalarini qanday hisobga olish kerakligi muhokama qilinadi.
Alma kompaniyasining moliyaviy direktori Daniyar Yerdenov spiker sifatida so‘zga chiqadi.
Ishtirok etish uchun oldindan ro’yxatdan o’tish lozim.