26-sentyabr kuni Toshkentda MA’NO Branding bosh direktori va dizayn bo‘yicha direktori Temur Sa’diy ishtirokida “Brend o‘sish tizimi sifatida” mavzusida biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruzachi biznesni rivojlantirishda brendning o‘rni va uni tizimli yaratish yondashuvlarini tahlil qiladi. Temur Sa’diy 15 yildan ortiq vaqtdan beri brending va dizayn sohasida faoliyat yuritib kelmoqda hamda Click, Payme, Uzum, TBC Bank, Uzpost, NRG, Silkavia, Maxway va boshqa brendlar loyihalarida ishtirok etgan.

Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.