1-oktyabr kuni Toshkentda mahsulot tahlili va tajribalar o‘tkazishga bag‘ishlangan Trisigma to Tashkent mitapi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Trisigma platformasining O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston va Gruziya bozorlariga kirib kelishi fonida o‘tkazilmoqda.

Trisigma — mahsulot va tahliliy jamoalar uchun A/B-testlash platformasi bo‘lib, u yagona tizimda tajribalar o‘tkazish, ko‘rsatkichlar bilan ishlash va natijalarni baholash imkonini beradi.

Uchrashuvda ishtirokchilar kompaniyalar tajriba jarayonlarini qanday yo‘lga qo‘yishi va mahsulot bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ma’lumotlardan qanday foydalanishini muhokama qiladi. Mavzular qatoridan tahliliy yondashuvlar, jamoalarda A/B-madaniyatini rivojlantirish va tajribalar iqtisodiyoti o‘rin olgan. Shuningdek, jamoa platforma imkoniyatlarini ham namoyish etadi.

Oflayn yoki onlayn tarzda qo‘shilish mumkin. Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.