4-oktyabr kuni sotsiolog, restorator, developer, O‘zbekiston Restoratorlar va otelyerlar uyushmasi raisi hamda Caravan Group asoschisi Timur Musin bilan biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv mavzusi “Zamonaviy biznesda marketing agentliklari hiylalariga qanday tushib qolmaslik kerak” etib belgilangan. Spiker restoran biznesida loyihalarni rivojlantirish va marketing bilan ishlash bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Musin 1999-yildan buyon O‘zbekiston gastronomiya sohasida faoliyat yuritib keladi. Uning portfelida Caravan, “Osh muzeyi”, Sato, Chelsea Arms, Izumi, “12 stul” va boshqa 20 dan ortiq restoran loyihalari mavjud. 2007-yildan buyon u Chinara’s etnografik qishlog‘ini rivojlantirishga ham rahbarlik qilib kelmoqda.

Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.