8-oktyabr kuni Nukusda Oliy biznes maktabi Wildberries bilan hamkorlikda elektron tijoratdan foydalangan holda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bepul seminar o‘tkazadi.

Tadbir kichik va o‘rta biznes vakillari, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilari, hunarmandlar, tarmoq birlashmalari va davlat tashkilotlari uchun mo‘ljallangan.

Ishtirokchilarga Wildberries’da ishni qanday boshlash, ro‘yxatdan o‘tish, logistikani tashkil etish va tovarlarni targ‘ib qilish haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, tadbirkorlar marketpleys orqali tashqi bozorlarga chiqish masalalarida tashkilotchilarning qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘lishlari mumkin.

Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.