9-oktyabr kuni Toshkentda Marketing klubining reklama va kommunikatsiyalar sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan shveysariyalik xalqaro ekspert Folker Vrage bilan maxsus uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘z faoliyati davomida Vrage McCann Switzerland, Havas Switzerland va McCann Turkey kompaniyalarida Chief Creative Officer rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u Cannes Lions va Clio Awards kabi 70 dan ortiq xalqaro reklama tanlovlarida hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lgan.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar reklamadagi tendensiyalar, kreativ sohalar rivoji va samarali kommunikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish yondashuvlarini muhokama qiladilar. Dasturdan ekspert bilan ochiq muloqot va auditoriya savollariga javoblar o‘rin olgan. Tadbir reklama, dizayn, kino, IT va san’at kabi ijodiy faoliyatning 142 ta yo‘nalishini birlashtirgan ekotizim — Uzbekistan Creative Park bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ishtirok etish bepul. Tashrif buyurish uchun O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi profilidagi havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Qo‘shimcha ma’lumot telefon orqali: +998 97 402 28 20.