9-oktyabr kuni Toshkentda Agency Lab by Yandex Uzbekistan — strateglar, mediaplanerlar, brend mutaxassislari hamda reklama agentliklari rahbarlari uchun amaliy vorkshop bo‘lib o‘tadi.
Yandex Ads ekspertlari Direct, Telegram, Xaritalar hamda Yandex Go superilovasidagi, jumladan Lavka, Eda va Taxi xizmatlaridagi media va performans-reklama imkoniyatlari haqida so‘zlab berishadi. Amaliy qismda ishtirokchilar mijozlarning real briflari asosida mediaplanlar tuzishadi, reklama yechimlari taqdimoti hamda buyurtmachilarning e’tirozlariga javob berish ko‘nikmalarini charxlaydilar. Alohida sessiya esa agentliklarning Yandex Ads bilan hamkorlik shartlariga bag‘ishlanadi.
Spikerlar orasida Yandex Ads Central Asia agentliklar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Gulima Begimova, Telegram’ning xalqaro bozorlardagi reklama yo‘nalishi rahbari Mariya Gavrilchik, shuningdek, Yandex Ads jamoasi vakillari Elvira Novitskaya va Angelina Soy bor.
Vorkshop yakunida ishtirokchilarga Yandex Ads sertifikatlari topshiriladi. Dasturdan, shuningdek, kompaniya ofisi bo‘ylab ekskursiya va netvorking ham o‘rin olgan.
Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun oldindan ariza topshirish va tashkilotchilarning tasdig‘ini olish zarur.