«qozog‘iston» tegli maqolalar
Kecha, 17:14 Iqtisodiyot
Qozog‘iston 1-iyuldan pomidor importini vaqtincha cheklashni rejalashtirmoqda
Taqiq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlardan yangi va sovutilgan pomidor importiga taalluqli hisoblanadi.
10 iyun 2026, 17:10 Energetika
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 70% ga oshirib, 11 mlrd kub metrga yetkazmoqchi
Qozog‘iston Rossiya gazini tashishni ko‘paytirishga tayyorligini ma’lum qildi. O‘zbekiston va Rossiya ikki tomonlama muzokaralar olib bormoqda.
30 may 2026, 11:03 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Qozog‘iston investitsiya va savdo sohalarida “yo‘l xaritasi"ni imzoladi
Hujjat avtomobilsozlik, kimyo sanoati, energetika va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni o‘z ichiga oladi.
26 may 2026, 16:02 Iqtisodiyot
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston “Bahri Tojik” suv omborining ish rejimini kelishib oldi
Qayd etilishicham kelishuv iyun-avgust oylari uchun amal qiladi va tomonlar bu bo‘yicha uch tomonlama bayonnoma imzoladi.
13 may 2026, 17:34 Ta'lim
Qozog‘iston maktablarida sun’iy intellekt joriy etila boshlaydi
1-avgustgacha pilot loyiha doirasida maktablar texnik jihozlanib, ular barqaror yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi.
22 aprel 2026, 14:56 Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfelini yaratishni taklif qildi
Shuningdek, mintaqa yashil savdo yo‘lagini shakllantirish tashabbusi ilgari surildi.
13 aprel 2026, 16:15 Transport
Qozog‘iston bilan chegaradagi G‘ishtko‘prik nazorat-o‘tkazish punkti sentabr oyida ochiladi
Shuningdek, ikki yarim yil oldin qurilishi boshlangan Darbaza — Maqtaaral temir yo‘l liniyasining qurilish ishlari joriy yilda yakunlanadi.
28 mart 2026, 11:12 IT
Abdulla Aripov 2026-yilda O‘zbekistonda sun‘iy yo‘ldosh interneti ishga tushirilishini ma‘lum qildi
Bosh vazir mamlakatda keng polosali internet qamrovi allaqachon 41% dan 99,5% gacha oshganini aytdi.
21 mart 2026, 16:30 Transport
Qozog‘istonda 2−3 yildan keyin uchar taksilarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda
Sinov parvozlari joriy yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Loyihaga AQSHning Joby Aero va Xitoyning AutoFlight kompaniyalari jalb etiladi.
10 fevral 2026, 17:47 Transport
Olmaotada 1-maygacha haydovchisiz taksi xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Qayd etilishicha, uch yilga mo‘ljallangan tajriba loyihasi yangi xizmatni Ostonada ishga tushirishni ham o‘z ichiga oladi.
22 yanvar 2026, 15:06 IT
Qozog‘iston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlar ochishni taqiqlamoqchi
Qayd etilishicha, tegishli qonun loyihasi allaqachon ekspertizadan o‘tkazilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
14 yanvar 2026, 01:29 Transport
Uzbekistan Airways va Pobeda samolyotlari Qozog‘iston osmonida xavfli darajada yaqinlashdi
Hodisa jiddiy aviatsiya insidenti sifatida baholanib, Qozog‘iston Transport vazirligi tomonidan tekshiruv boshlandi, Pobeda esa xavf bo‘lmaganini bildirdi.
29 dekabr 2025, 15:29 Iqtisodiyot
Qozog‘iston uch oyga sabzi eksportini taqiqlashni rejalashtirmoqda
Ta’kidlanishicha, taqiq mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.
25 dekabr 2025, 15:25 Startaplar
Bito startapi Qozog‘iston fondidan $10 mln investitsiya jalb qiladi
Qozog‘istonning venchur fondi Startup Garage studiyasidan kompaniyadagi ulushning bir qismini sotib olmoqda.
17 dekabr 2025, 14:49 Energetika
Farg‘ona NQIZ dekabrda Qozog‘istondan 35 ming tonnagacha neft qabul qiladi
Bu orqali ichki bozor uchun benzin, dizel yoqilg‘isi, aviakerosin va moylar ishlab chiqarish hajmi kengaytiriladi.
20 noyabr 2025, 15:19 Iqtisodiyot
Qozog‘istonda noyabr oyi boshidan kartoshka narxi qimmatlashmoqda — EastFruit
Dastlabki ikki haftasida o‘sish 2,2%, so‘nggi haftada esa 0,2% bo‘ldi. O‘rtacha narx bir kilogramm uchun 188 tengeni tashkil qilmoqda.
18 noyabr 2025, 16:37 Iqtisodiyot
Qozog‘iston bilan chegaradagi G‘ishtko‘prik chegara postida yashil va qizil yo‘laklar joriy etiladi
Post kuniga 50 mingdan ortiq yo‘lovchi va 1500 ta transportni o‘tkaza oladi. Nazorat-o‘tkazish punktida 16 ta yo‘lak, jumladan avtobuslar uchun alohida yo‘laklar qurildi.
11 noyabr 2025, 19:47 Biznes
Bon! Qozog‘istonda o‘zining birinchi filialini ochdi
Tarmoqning birinchi filiali Chimkentda ochilgan bo‘lib, yaqin 3−4 yil ichida mamlakatda jami 30 ga yaqin filial ochish rejalashtirilmoqda.
11 noyabr 2025, 12:56 Transport
Olmaota-Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnay boshlaydi
Yo‘nalishdagi yuqori qulaylikdagi tarkiblar kuniga 400 dan ortiq yo‘lovchini tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2 oktabr 2025, 13:05 Biznes
Halyk Bank Qozog‘iston regulyatoridan Click ulushini sotib olishga ruxsat oldi
O‘zbekiston Markaziy banki va Raqobat qo‘mitasi ham kompaniyaning 49% ulushini sotish uchun rozilik berishi kerak.