«toshkent viloyati» tegli maqolalar

11 iyun 2026, 19:12 Iqtisodiyot

Toshkent va Navoiyda qalbaki $120 mingni sotishga uringan shaxslar ushlandi

Holatlar yuzasidan firibgarlik va qalbaki pul muomalasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
10 iyun 2026, 12:15 Transport

Toshkent-Andijon avtomobil yo‘lining bir qismida tezlik pasaytiriladi

A-373 avtomagistralining Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi 103−131-km qismida yuk avtomobillari uchun maksimal tezlik 50 km/soat, yengil avtomobillar uchun esa 80 km/soat etib belgilanadi.
8 iyun 2026, 17:39 Qonunchilik

AQSHda tadbirkorlik bilan shug‘ullangan Jahongir Mamajonov Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosari bo‘ldi

Shuningdek, viloyat hokimining sanoat korxonalarini rivojlantirish bo‘yicha yangi o‘rinbosari va boshqa bir qator mas’ullar tayinlandi.
13 may 2026, 15:22 Iqtisodiyot

Pokiston kompaniyasi Toshkent viloyatida charm mahsulotlari uchun sanoat zonasi tashkil etadi

Ohangaron tumanidagi sanoat zonasida xalqaro standartlarga mos tayyor charm mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
9 may 2026, 12:43 Transport 1

“14 mingdan ortiq Damas tirbandliklarni keltirib chiqaryapti”: Zoyir Mirzayev jamoat transporti haqida

Toshkent viloyati hokimi yangi 14 ta avtobus yo‘nalishi ishlab chiqilganini, buning uchun esa 136 ta avtobus kerakligini aytdi. Prezident ular sonini 230 taga yetkazishni topshirdi.
7 may 2026, 16:01 Transport

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarini bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi boshlandi

110 kilometrlik loyiha doirasida 4 ta bekat, 21 ta yo‘l o‘tkazgich hamda 6 ta ko‘prik barpo etiladi.
30 aprel 2026, 11:36 IT

Toshkent viloyatida Telegram orqali zararli dasturlarni sotgan shaxs ushlandi

21 yoshli fuqaro o‘zi yaratgan APK dasturlarini 100−300 ming so‘mdan pullagan. Ular orqali foydalanuvchilarning akkauntlariga kirib, SMS va mablag‘larni qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan.
29 aprel 2026, 18:40 Iqtisodiyot

Fermerlarga Sea Breeze Uzbekistan uchun olingan yerlar evaziga kompensatsiya to‘landi

Investor Toshkent viloyati hokimligiga kompensatsiyani to‘liq o‘tkazib berdi, shundan so‘ng mablag‘lar fermerlarga berildi.
13 aprel 2026, 17:34 Transport

Baytqo‘rg‘on-Parkent elektrlashtirilgan temir yo‘li qurib bitkazildi

Uzunligi 23,8 km bo‘lgan bir izlik temir yo‘l liniyasining qurilishi 2025-yil boshida boshlangan edi. Unda kuniga 275 ming nafargacha yo‘lovchi tashilishi kutilmoqda.
9 aprel 2026, 11:48 Iqtisodiyot

Toshkent viloyatida $5 mlrdlik tog‘-chang‘i zonasi, sayyohlik majmuasi va tibbiyot shaharchasi barpo etiladi

Shuningdek, Nurafshonda $35,4 mlnlik Kelajak texnologiyalari markazi quriladi, unga 100 dan ortiq xorijiy IT-kompaniyalar jalb qilinadi.
30 mart 2026, 14:22 Iqtisodiyot

Toshkent viloyatida tadbirkorning 100 mlrd so‘mlik soliq qarzi bekor qilindi

Soliq organi davlat zaxirasiga qaytarilgan yer uchun asossiz ravishda qarzdorlik hisoblagan.
25 mart 2026, 11:46 Iqtisodiyot

1-apreldan Toshkent viloyatida chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha tariflar oshiriladi

Aholi uchun qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish narxi oyiga 10 864 so‘mga, budjet va xo‘jalik tashkilotlarga bir kubometri uchun 97 316 ming so‘mga oshiriladi.
16 mart 2026, 12:08 Iqtisodiyot

Bo‘kada soliqchi 10 mln so‘m olayotganda ushlandi

U fermer xo‘jalikning soliqdan mavjud qarzdorligini to‘lash muddatini uzaytirib berishni vaʼda qilgan.
2 mart 2026, 17:35 Iqtisodiyot

Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona jarimaga tortildi

Musaffo Obi Hayot Magistral Suv Taʼminoti korxonasi isteʼmolchilardan 2,2 mlrd so‘mni asossiz undirgani maʼlum bo‘ldi.
27 fevral 2026, 17:41 Qonunchilik

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda zaharlanish bo‘yicha 11 kishi sudlanmoqda

10 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish, 1 nafariga esa uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
26 fevral 2026, 13:09 Iqtisodiyot

Toshkent viloyatida $110 ming talab qilgan bank mansabdori ushlandi

Shuningdek, Surxondaryoda bankomatlardan 400 mln so‘mni o‘zlashtirgan bank xodimlari qo‘lga olindi.
12 fevral 2026, 15:28 Iqtisodiyot

Toshkent viloyatida Yangi Piskent turar-joy majmuasi quriladi

11 gektarda barpo etiladigan loyiha doirasida ko‘p qavatli uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, favvoralar, sun‘iy ko‘l va sayilgoh tashkil etiladi.
9 yanvar 2026, 14:46 Energetika

Toshkent viloyatida 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

Korxona egasi tegishli shartnoma va loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olgan.
2 yanvar 2026, 14:27 Transport

Amirsoy va Chimyonga boruvchi avtomobil yo‘lida bir tomonlama harakat tashkil etildi

Bo‘stonliqdagi dam olish maskanlariga boruvchi avtomobil yo‘lida tirbandliklar va YTHlarning oldini olish uchun transport vositalari vaqtincha bir tomonlama harakatlanadi.
3 dekabr 2025, 13:02 Qonunchilik

Toshkent viloyatida 5 ta chiqindi tashish korxonasi iste’molchilardan 8,8 mlrd so‘m asossiz undirdi

Korxonalar ayrim xonadonlardan chiqindilarni olib ketmagan, biroq to‘lovlarni hisoblagan. Natijada ularga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Yangiliklarni o‘tkazib yubormang!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting