2018 yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra Xitoyning « Huawei «kompaniyasi «Apple» sotgan smartfonlar sonini ortda qoldirib, ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqida International Data Corporation (IDC) tahlilida keltirilgan.

IDC ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung korporatsiyasi 71,5 million dona smartfon sotib yetakchilikni saqlab qoldi, uning ulushi 20,9% ni tashkil etdi.

Huawei 54,2 million dona sotish bilan bozorning 15,8% ini egalladi. Apple smartfonlari esa aprel-iyun oylarida 41,3 million dona sotilgan.

Ikkinchi chorakda dunyoda 342 million smartfon sotilgan. Aprel-iyun oylari bilan taqqoslaganda dunyodagi smartfon sotish 1,8% ga kamaydi.