Dollar birjada o’tgan haftani 7811 so‘m, yevro esa — 9170 so‘mlik ko‘rsatkichda yakunladi. Bu haqida Respublika valyuta birjasi ma’lumotlari dalolat beradi.

Dollar o‘tgan hafta davomida 16 so‘mga qimmatlashdi, yevro 19 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank kursi bo‘yicha esa, so‘m dollarga nisbatan 7 so‘mga arzonlashdi, yevro 114 so‘mga pasaydi.