Soliq organlari P2P-o‘tkazmalarini nazorat qilyapti. Iqtisodchilar qanday fikrda?
Soliq qo‘mitasi ayrim tadbirkorlarga kelib tushayotgan pullarni monitoring qilmoqda. Iqtisodchilar esa uning mezonlari, ma’lumotlarning qonuniy olinishi hamda nazoratning huquqiy asoslari bo‘yicha savollarni o‘rtaga tashlamoqda.
Tadbirkorlar ishga qancha vaqt sarflaydi?
Spot bu haqida tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Murodilla Alimbayev haftasiga bir kunini oilasiga bag‘ishlasa, Alina Isayeva ish sabab hayotdan uzilib qolgan davrlarini esladi. Ramziddin Azizov til o‘rganishga vaqt ajratadi, Navbahor Boudot esa kuniga 3 soat ishlaydi.
“Hamma ham firibgar emas” — soliq mutaxassisi P2P-o‘tkazmalari bo‘yicha tekshiruvlar haqida
Spot soliq mutaxassisi bilan bu qanchalik qonuniyligi, shaxsiy o‘tkazmalar bilan biznes tushumi o‘rtasidagi chegara qayerda ekani va ogohlantirish xati olganlar nima qilishi kerakligini muhokama qildi.
Aprelda O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy narxlari 8,5% ga oshdi — ITIM
Eng yuqori o‘sish Sirdaryo qayd etildi, Surxondaryo hamda Buxoro viloyatida ham narxlar sezilarli oshgan.
Yaqin Sharqdagi mojaro O‘zbekiston logistikasiga qanday ta’sir ko‘rsatdi va bu qanchaga tushdi?
Spot bozor ishtirokchilari bilan logistikada nimalar yuz berayotgani, yuklamani qaysi yo‘nalishlar o‘z zimmasiga olayotgani, tariflar va yetkazib berish muddatlari qanchaga oshgani hamda vaziyat qachon barqarorlashishi mumkinligi haqida suhbatlashdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- 5 yillik stajga ega xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi
Bakalavr diplomiga ega bo‘lmagan nomzodlar 500 ta kvota doirasida tanlovda ishtirok etishi mumkin. Arizalar 1-iyungacha qabul qilinadi. - O‘zbekistonda 783 ta davlat xizmatiga “nol byurokratiya” tamoyili joriy etiladi
Dastur organlari funksiyalarini 30% ga qisqartirish, elektron xizmatlar ulushini 90% dan oshirish va 80 turdagi xizmat proaktiv shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. - Soliq qo‘mitasi kartadan-kartaga o‘tkazmalarni tekshirishni boshladi
Qo‘mita yangi choralarni savdo sohasida tushumni yashirish holatlari aniqlangani bilan izohladi. - UzNIF 31% aksiyalarini sotish orqali $603 mln jalb qildi
Aksiyalarning asosiy qismi London fond birjasida xorijiy investorlar tomonidan sotib olindi. Talab esa taklifdan to‘rt baravar yuqori bo‘ldi. - BP Ustyurtda neft va gaz qazib olishga rasman qo‘shilmoqda
Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi yangi bitimga ko‘ra, Britaniya kompaniyasining ulushi 40% ni, SOCAR va “O‘zbekneftgaz"niki esa 30% dan tashkil etadi. - Toshkentda Mingo‘rik bekatidan Chilonzor buyum bozorigacha yangi metro liniyasi quriladi
Loyihani baholashda, dastlab Janubiy vokzal yo‘nalishi, undan keyin esa Chilonzor bozori yo‘nalishini qurish imkoniyatlari o‘rganiladi. - O‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktga 30% chegirma berish rejalashtirilmoqda
Chegirma davlat OTMlarida bazaviy kontrakt asosida o‘qiyotgan va talabalikka tavsiya etilganlar uchun amal qiladi. - 1-iyundan O‘zbekistonda elektr va gaz tariflari oshadi
Aholi uchun elektr energiyasi narxi iste’mol hajmiga qarab 650 so‘mdan 1 100 so‘mgacha, tabiiy gaz esa mavsumga qarab 1 kub metr uchun 1 100 so‘mdan hisoblanadi. - Ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun kompensatsiya miqdori oshirildi
Yangi tariflar joriy etilishi fonida ayrim oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molining bazaviy me’yordan oshgan qismi qoplab beriladi. - Mirziyoyev TDT doirasida sunʼiy intellekt bo‘yicha strategik hamkorlik tarmog‘ini yaratishni taklif qildi
O‘zbekiston prezidenti Raqamli turkiy koridor konsepsiyasini ishlab chiqish va Toshkentda Texnologiyalar forumini o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.




