Odamlarga o’zini IIBB xodimi deb tanishtirgan shaxs Sirg’ali tumanidan imtiyozli kredit evaziga uy olish taklifini bergan. Bu haqida IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasining Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlanishicha, firibgar hech qayerda ishlamaydigan, asli xorazmlik bo‘lgan 33 yoshli Ravshan ismli shaxs bo‘lib chiqdi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov jarayonida ushbu shaxsning shu kabi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganiladi, shuningdek jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan sabab va omillar tahlil qilinadi.