O‘zbekiston mehmonxonalarida 30% gacha chegirma. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rasmiy saytida ma’lumot berildi.

Prezidentining “Rasmiy sanalarni bayram qilish davrida qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash va 2018 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.

Bayram kunlaridan oqilona foydalanish, dam olish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududlardagi mehmonxonalar bilan birgalikda barcha hududlarda bayram kunlari sayohatchi guruhlar sonidan kelib chiqib, mehmonxonalarda 30% gacha chegirmalar e’lon qildi.