“Toshkent qurilish invest” injiniring kompaniyasini tashkil etiladi. Bu haqida Prezidentning “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida"gi farmonida keltirilgan.

Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining taklifiga binoan “Toshkent qurilish invest” injiniring kompaniyasini tashkil etiladi.

Kompaniya “Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “Kapital qurilish boshqarmasi”, “Toshkent uy-joy qurilish boshqarmasi” va “Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi” davlat unitar korxonalari negizida davlat unitar korxonasi shaklida bo’ladi.

“Toshkent qurilish invest” injiniring kompaniyasini Toshkent shahri hududida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan:

  • obyektlarni qurish;
  • rekonstruksiya qilish;
  • kapital ta’mirlashni tashkillashtirish bo‘yicha yagona buyurtmachi sifatida belgilanadi.