O‘zbekiston metallurgiya kombinati Tojikistonda savdo uyini ochadi. Bu haqda Spotga Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatida xabar berishdi.

16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumida “O‘zmetkombinat” boshqaruvi raisi Tohir Azamatov Somon ta’minot direktori o‘rinbosari Davlat Muhammad bilan O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Shartnoma qiymati 60 mln dollarni tashkil qildi. 2019 yilda Tojikistonga 60 tonna mahsulot, 2020 yilda esa 72 tonna yetkazib berish rejalashtirilgan.