UzCard foydalanuvchilarni terminallar ishidagi ehtimoliy uzilishlar haqida ogohlantirdi.

Kompaniya axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 19 avgustidan 30 avgustigacha POS va E-POS terminallari protsessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmasligi mumkin.

Ushbu jarayonga “O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasida profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ldi.