Toshkent shahrining Saylgoh ko‘chasida poytaxt aholisi uchun ilk bepul Wi-Fi zonasi sinovdan o‘tkazilmoqda.

TasNet.uz deb nom olgan loyiha Innovo.Tech kompaniyasi tomonidan shahar hokimligi turizmni rivojlantirish departamenti va hokimlik qoshidagi Jamoatchilik kengashi ko‘magida bajarilmoqda.

Tajriba tariqasidagi loyiha to‘liq kompaniya mablag‘i hisobidan amalga oshirilmoqda. Keyinchalik foydalanuvchilar internet tarmog‘iga ulanganda reklama sotish hisobiga xarajatlarni qoplash ko‘zda tutilgan.

Loyiha o‘zini oqlagan taqdirda bepul Wi-Fi zonalari Toshkent shahrining boshqa jamoat joylari — maydonlar, bozorlar va bog‘larda paydo bo‘lishi mumkin.