O‘zbekistonda 21:00 dan 09:00 ga qadar alkogolli mahsulotlarni sotish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida"gi qarori muhokamasida keltirilgan.
Unga ko‘ra:
- savdo ob’ektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarida soat 21:00 dan 09:00 ga qadar alkogolli mahsulotlarni sotishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- alkogolli mahsulotlarni quyib savdo qilish faqat umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi asosida amalga oshiriladi;
- ko‘ngilochar savdo ob’ektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarida xizmat ko‘rsatish soat 23:00 dan boshlab to‘xtatiladi.
Mazkur cheklovlar savdo ob’ektlari va umumiy ovqatlanish korxonalari (mehmonxonalar, maxsus turizm zonalari, “Tourist friendly” tizimi orqali sertifikatlanganlar)ga nisbatan tatbiq etilmaydi.