Mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poezdlar, shu jumladan, yuqori tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” poezdlari chiptalarida 50%li chegirma joriy qilindi. Bu haqda O’zbekiston temir yo’llari AJ ning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Ushbu imtiyoz O’zbekiston mustaqilligining 27 yilligini nishonlash kunlarida yo‘lovchilar uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirildi.
Joriy yilning 31 avgustdan 4 sentyabrgacha bo‘lgan kunlarida mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poezdlarda, shu jumladan, yuqori tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” poezdlarida ham, oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptalariga 50%li chegirma joriy qilindi.