Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan “O‘zsharobsanoat” tuzilmasida Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Bu haqda Norma ma’lumot berdi.
Jamg’arma sohani rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga ko‘maklashadi va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tashkil etiladi.
Shakllantirish manbalari | Xarajatlar moddalari |
— Respublika byudjetidan har yili ajratiladigan beg‘araz subsidiya mablag‘lari; — xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat tashkilotlarining kredit (qarzlar) va grantlari; — qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. “O‘zsharobsanoat” AJ va Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmalari asosida 2018 yilning oxirigacha respublika byudjetidan Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish uchun 15 mlrd so‘m va Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini shakllantirish uchun 15 mlrd so‘m ajratiladi. 2019 yilgi va keyingi yillarning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozini va davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda Uzumchilikni rivojlantirish jamg‘armasi ehtiyojlari uchun ajratiladigan mablaglar xar yili kamida 10 foizga indeksatsiya kilingan xolda, tegishli ravishda 80 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratish nazarda tutiladi. | — uzum ko‘chatlarini sotib olish va ularni ekishni tashkil etish; — irrigatsiya tadbirlarini o‘tkazish, shu jumladan dalalarga suv yetkazib berish, tomchilatib sug‘orish uskunalarini sotib olish, artezian quduqlarini, skvajina va suv saqlash ombori (rezervuarlar) yaratish, suv yetkazib berish uchun nasos hamda quvurlarni sotib olish, suvni saqlash uchun sig‘imlar sotib olish va boshqalar; — shpalerlar, simlar va to‘siqlar sotib olish; — elektroenergiya va boshqa resurslarning avtonom (transformator, gaz taqsimlovchi va nasos stansiyalari va boshqalar) manbalari bilan ta’minlash; -qishloq xo‘jaligi texnikasi va agregatlarini sotib olish; — uzumning seleksion texnik navlarini yaratish; -“O‘zsharobsanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarning uzum plantatsiyalarini tashkil etish va rivojlantirish uchun olingan kredit va zayomlar bo‘yicha majburiyatlarini so‘ndirish. Shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari doirasidagi uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishda ham foydalanilishi mumkin. |
Jamg‘armadan qanday moliyalashtirish olish mumkin?
Jamg‘armadan mablag‘ olish uchun tashkilot “O‘zsharobsanoat” AJga quyidagi hujjatlarni yozma ravishda yoki elektron shaklda taqdim etishi kerak:
- mablag‘ ajratish uchun ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili (pochta adresi), bank filialining nomi va bankdagi hisob raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
- ta’sis hujjatlari nusxasi (ustav yoki ta’sis shartnomasi) va davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
- uzumchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati aksiyadori va ta’sischilari (kuzatuv kengashi, boshqaruv), ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ta’sischilari (paychilar, ishtirokchilar) roziligi to‘g‘risidagi umumiy yig‘ilish bayonnomasi;
- uzumchilikni rivojlantirish loyihasining biznes-rejasi;
- tashkilotning oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisoboti nusxasi, to‘liq ilovalari bilan birga;
- xizmat ko‘rsatuvchi bankdan barcha hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari aylanmasi, hisob raqami holati va 2-sonli kartoteka mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma.
Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirish masalasi, taqdim etilgan loyiha qiymatining 20%idan kam bo‘lmagan miqdorda tashkilotning o‘z mablag‘lari yoki ularga tenglashtirilgan boshqa moliyalashtirish manbalari bilan ishtiroki bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarori va topshiriqlari doirasidagi loyihalar bundan mustasno.
Buyurtmanoma bo‘yicha qaror, tashkilotdan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun muddatda qabul qilinadi. Ekspert guruhi qabul qilingan qaror yuzasidan tashkilotni 1 kun muddatda xabardor qiladi.