13-iyun kuni Senatning yalpi majlisida aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi ma’qullandi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
“Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunni ko‘rib chiqish jarayonida sanoat korxonalari, qurilishlar va transport vositalari sonining ortishi natijasida aholi hayotiga shovqinning salbiy ta’siri kuchayib borayotgani qayd etildi.
Amalda esa aholi salomatligi va osoyishtaligiga, normal dam olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zararli shovqinlarga qarshi kurashishni kompleks tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat mavjud emas.
Shovqin darajalarini belgilovchi 7 ta sanitariya norma va qoida amalda bo‘lsa-da, qonunchilikda bu borada qat’iy talablar belgilanmagan. Shuningdek, ruxsat etilgan me’yorlardan yuqori shovqin keltirib chiqarayotgan obyektlarni javobgarlikka tortish masalasi ham yetarlicha tartibga solinmagan.
Qonun bilan aholini zararli shovqin ta’siridan himoya qilishning umumiy qoidalari, davlat organlarining vakolatlari hamda chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Shuningdek, fuqarolar osoyishtaligini buzadigan shovqinlar, ularga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i, kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq hamda majburiyatlari nazarda tutilgan.
2025-yilning oktabr oyida ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqt oralig‘i amaldagi
Avvalroq Spot O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yer ijarasi muddati 49 yilgacha uzaytirilishi haqida yozgan edi.