Xorijda ta’lim: Italiyada to‘liq grant asosida tahsil olayotgan Maftuna Masharipova hikoyasi
Spot bu safar Italiyada grant asosida ta’lim olayotgan vatandoshimiz bilan suhbatlashdi. U Spotga Italiyadagi mavjud grantlar, ularga hujjat topshirish jarayoni hamda ta’lim tizimi haqida so‘zlab berdi.
Yangi soliq tartibi biznes uchun nimalarni o‘zgartiradi? Ekspert fikri
Soliq maslahatchisi Umidbek Safarov Spot bilan suhbatda yangi tartibning afzalliklari, cheklovlari va tadbirkorlar e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan muhim jihatlarni tushuntirdi.

1-iyundan “svet” va gaz tariflari oshdi. Aholi qanday fikrda? Video
Spot o‘tkazgan so‘rovnomada ishtirokchilar elektr energiyasi tariflarining oshishi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Respondentlar ta’kidlashicha, yangi tariflar, ayniqsa, doimiy ish o‘rniga ega bo‘lmagan fuqarolar hamda pensionerlar uchun qo‘shimcha moliyaviy yukni yuzaga keltirmoqda.
Prezident shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Hujjat eskirgan va avariya holatidagi uy-joylarni yangilash, ularni qayta qurish hamda yashil hududlar tashkil etishni nazarda tutadi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Farg‘ona NQIZ xususiylashtirilgandan to‘rt yil o‘tib davlat mulkiga qaytarildi.
Avval u Saneg kompaniyasiga tegishli edi, biroq hukumat uni modernizatsiya qilish uchun yangi investorlarni topish bo‘yicha topshiriq berdi. - Toshkentda ikki nafar soliq inspektori $5 ming pora bilan qo‘lga tushdi.
Yunusobod tumani Soliq inspeksiyasi inspektorlari tadbirkorga Chilonzor buyum bozoridan do‘konlarni ijaraga olishda yordam berish evaziga pul talab qilgan. - Toshkentda hali ham peshlavhalarni buzish va biznesni elektr energiyasidan uzish davom etyapti.
Murojaatlarda keltirilgan holatlar tasdiqlansa, Biznes-ombudsman aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘radi. - Fitch Aloqabank’ni xususiylashtirish bekor qilinishi mumkinligini taxmin qildi.
Agentlik O‘zbekistonning kredit reytingi “ijobiy” darajaga ko‘tarilganidan so‘ng 7 ta davlat banki reytingi bo‘yicha prognozni qayta ko‘rib chiqdi. - Markaziy bank 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi.
Bank nazorati qo‘mitasi may oyida 36 ta masalani ko‘rib chiqdi. Shundan bittasi to‘lov tashkiloti faoliyati uchun berilgan litsenziyani vaqtincha to‘xtatish borasida bo‘lgan. - O‘zbekistonda 3 mingga yaqin ulushdor uy-joy qurilishida 668 mlrd so‘m yo‘qotdi
Xaridorlar mablag‘larini himoya qilish maqsadida ulushli qurilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilib, unda eskrou hisobvaraqlari tizimini joriy etish nazarda tutilgan. - O‘zbekistonda renovatsiya uchun uy egalarining kamida 80% roziligi talab etiladi.
Uy egalari yangi uy olish, boshqa hududdan ko‘chmas mulk bilan ta’minlanish yoki pul kompensatsiyasini tanlash huquqiga ega bo‘ladi. - O‘zbekiston va Shvetsiya ilk bor migratsiya va mobillik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Tomonlar viza olish tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishdi. - O‘zbekistonda ish tashlashni amalga oshirish tartibi belgilandi.
Endilikda jamoaviy mehnat nizosi yarashtirish yo‘li bilan hal etilmasa, mehnat jamoasi ish tashlash haqida qaror qabul qilishi mumkin. - Qo‘pol qoidabuzarliklar uchun avtomobil musodara qilinib, jarimalarga chegirmalar bekor qilinishi mumkin.
IIV yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishni taklif qilmoqda.


