Toshkent shahar hokimligi Moliya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan deklaratsiya asosida 22 noyabrdan Toshkent shahri bo‘yicha yangi tariflar amalda foydalanishga kiritiladi. Bu haqda “Suvsoz” ma’lum qildi.

22 noyabrdan aholi uchun 1 m3 uchun sovuq suv narxi 245 so‘mdan 280 so‘mga, kanalizatsiya xizmatlari narxi esa 210 so‘mdan 235 so‘mga oshiriladi.

Bunda tariflarga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan.

Ilgari Spot 16 noyabrdan maishiy iste’molchilar uchun 1 kVt-s elektr energiyasi narxi 228,6 so‘mdan 250 so‘mga, 2019 yil 1 iyuldan esa 280 so‘mga oshirilishi haqida xabar bergan edi.